Prezident Erdo‘g‘on urush boshlanganidan buyon birinchi marta Ukrainaga jo‘nab ketmoqda

Bugun Ukraina g‘arbidagi, Rossiya bombardimonlaridan nisbatan kam talofot yetgan Lviv shahriga Davlat Prezidenti Vladimir Zelinskiy bilan uchrashadigan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga BMT kotibi Antonio Guterresh ham hamrohlik qiladi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on avval Rossiya prezidenti Putin bilan uchrashgandi.
Zelinskiy bilan esa bugungacha Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir necha marta telefon orqali suhbatlashgan. Turkiya Ukraina bilan insonsiz boshqariladigan havo texnikalari borasida muneosabatlarini davom ettirmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Zelinskiy uchrashuvida hamda Guttereshning ham ishtirok etadigan uchlik uchrashuvda Ukraina g‘allasining jahon bozoriga eksport qilinishi, shuningdek, Ukraina-Rossiya urushining diplomatik yo‘llar bilan to‘xtatilishi uchun tashlanadigan qadamlar asosiy masala sifatida ko‘rib chiqiladi.