Afg‘onistonning poytaxti Kobuldagi Siddiqiy masjidi xufton namozi vaqtida bomba portlatildi.
Portlash vaqtida ko‘pchilik ibodat qilayotgan bo‘lgan, hujum natijasida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlar orasida masjid imomi ham borligi aytilmoqda.
O‘lganlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Tolibon yetakchilaridan birining gapiga qaraganda kamida 35 ta kishi yaralangan va ular orasida hayotdan ko‘z yumganlar ham bo‘lishi mumkin.
Portlash ta’sirida atrofdagi binolarning ham derazalari singan. Tolibon ushbu portlashdan g‘azablanishganini qo‘pol tarzda bildirgan.
Hozirgacha hujumni kimlar uyushtirgani aniqlanmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir hafta oldin Tolibon yetakchilaridan biri hujumga uchrab hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu esa ISHID tomonidan amalga oshirilgan deb taxmin qilingan edi.