Fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. boshqa bir fuqaro Z. ni tanishlari yordamida 4200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga ishga jo‘natishga kelishib, shundan 300 AQSh dollari va 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.