Prezident qarori bilan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi:
➖ tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;
➖ tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish va boshqalarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga doimiy ravishda ko‘maklashadi;
Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning maxsus jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish huquqi berildi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:
🔹 2023-2024 yillarda DBQ bilan birgalikda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilishini ta’minlaydi;
🔹 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi, SSV hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitish tartibini joriy etadi;
🔹 2023 yil 1 iyunga qadar SSV bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarning zamonaviy abilitasiya va reabilitasiya muolajalaridan o‘tishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratadi.