Pokistonda yomg‘ir tufayli vaziyat og‘irlashib bormoqda. Olamdan o‘tganlar soni 1200 dan oshdi. O‘lkadagi 33 million 46 ming kishi sodir bo‘lgan tabiat hodisasi ta’siri ostida qoldi, 733 ming 488 ta ferma hayvoni halok bo‘ldi.
Pokistonda 14 iyundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik sababli 1208 kishi olamdan o‘tdi. Ulardan 244 tasi ayollar, 416 tasi esa bolalardir. Yaralanganlar soni 6082 ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda Pokiston Milliy Tabiiy Ofatlarni nazorat qilish Agentligi xabar berdi.
O‘lkadagi 5063 kilometr yo‘lga talofat yetdi. 243 ta ko‘prik va 173 ta do‘kon quladi.
Sodir bo‘lgan sel oqibatida 1 million 172 ming 549 uyga zarar yetdi, ulardan 436 ming 307 tasi butunlay xarobaga aylandi.
Qurilgan lagerlarda yashayotganlar soni esa 472 ming 313 taga yetdi.