Britaniyada eng noyob oltin tangalardan iborat xazina topildi

Buyuk Britaniyada 250 ming funtlik oltin tangalarning noyob kolleksiyasi topildi. Xazina Ellerbidagi saroyda topilgan, saroy egalari polni qayta yotqizishga qaror qilishgan vaqtda ushbu xazinani topib olgan.

Aytilishicha, taxta tagida tangalar solingan metall idish bo‘lgan, ularning eng qadimgisi Shekspir davriga oid.

Kimoshdi savdosiga 260 tangadan iborat to‘plam qo‘yildi. Eng qiziqarli tangalar1720 va 1675 yillardagi gvineyadir. Ulardan birida qirol Karl I nomi noto‘g‘ri yozilgan, ikkinchisida old tomoni o‘rniga teskari zarb qilingan. Ayni paytda, qadimiy tangalardagi bunday xatolik oddiy mahsulotlardan yuqori baholanadi: Karlning gvineyasi kamida 1,5 ming funt sterlingga baholanadi.