Unga ko‘ra, agar Pxenyan o‘z tomonidan tahdid yaqin deb hisoblasa, davlatga dushmanga qarshi profilaktik yadro zarbasi berish huquqini beradi, deb xabar bermoqda STAK axborot agentligi.
Unda ta’kidlanishicha, yangi qonun KXDRga dushmanga hujum qilingan taqdirda unga avtomatik rejimda yadroviy hujum uyushtirishga ham imkon beradi.
Prezident Kim Chen In esa KXDR yadrosizlanish bo‘yicha muzokaralar olib bormasligini aytdi.
«Yadro quroliga ega bo‘lish bizning qonuniy va ajralmas huquqimizdir. Biz yadroviy quroldan voz kechish niyatida emasmiz. Yangi qonun yadrosizlanish bo‘yicha muzokaralar olib borishni imkonsiz qiladi», — deya KXDR rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.