Chek-chegarasi yo‘q koinotda yer sayyoramizga tahdid soluvchi ko‘plab xavflar mavjud. NASA insoniyatning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan falokatlarning oldini olishda davom etmoqda.
So‘ngi olib borilayotgan amaliyotlar esa dunyoda hayot davom etishida muhim ahamiyatga ega. O‘rtaga tashlangan nazariyani birinchi bor sinovdan o‘tkazayotgan NASA natijani hayajon bilan kutmoqda.
Insoniyat bir tomondan yer yuzida sodir bo‘layotgan falokatlar bilan kurashayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan izlanish va tadqiqotlarda davom etmoqda. Dunyoni tashqi xatarlardan himoya qilishni zimmasiga olgan NASA samoda ulkan to‘qnashuvni rejalashtirmoqda.
AQSHdagi maxsus markaz, bir kosmik kemani asteroid bilan to‘qnashtirib, uning yo‘nalishini o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ushbu amaliyot orqali kelajakda yer sayyorasiga qarab yaqinlashayotgan jismlarni to‘xtatib qolish mumkinmi yoki yo‘qmi sinab ko‘riladi.