Kuz faslidagi allergiyaning belgilarini bilasizmi?

Yorilgan lablar. Og‘iz orqali nafas olish odati lablarning ob-havoga, quruqligiga va yorilishiga olib keladi. Ko‘pincha, lablardagi yoriqlar allergiya bilan og‘rigan bemorlarda seziladigan birinchi alomatdir.

Ko‘z ostidagi qora doiralar. Ba’zan allergiya ko‘z ostida shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Qon tomirlari kengayadi, qorayadi va ko‘z atrofidagi eng nozik teri ostida ko‘rinadigan bo‘ladi.

Hid bilish sezgisi yo‘qolishi.
Agar allergiya bilan bog‘liq bo‘lgan burun bitishi davolanmasa, keyinchalik hid sezmaslikka olib kelishi mumkin.

Ta’m sezuvchanligining pasayishi. Ta’mni his qilish qobiliyati hid hissi bilan chambarchas bog‘liq. Agar hid bilan muammoga duch kelsangiz, unda ta’m bilish sezgisi ham zaiflashgan.

Hirqiroq ovoz. Jiddiy allergiyada ovoz yo‘li siqiladi. Bu bo‘g‘iq ovozga olib kelishi mumkin. Agar hirrillagan tovush 7-10 kun ichida o‘tib ketmasa, terapevtga ko‘rinish lozim.