Eronlik yana bir qahramon qiz opasining tobuti ustiga sochlarini kesib tashladi

Eronda Mahsa Aminining o‘limidan keyin ommaning noroziligini to‘xtatishning imkoni bo‘lmay qoldi.

Ana shunday namoyishlarning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan 20 yoshli Hadis Najafiy 6 ta o‘q tegishi natijasida vafot etdi.

Shuningdek, namoyishlardan birida hayotdan ko‘z yumgan Javad Haydarining janozasidagi holat ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. Haydarining singlisi uning janozasida sochlarini kesib tobutning ustiga qo‘ygancha faryod chekdi.

Eronda ayollarning namoyishlari kundan-kunga keng tus olib bormoqda. Mahsa Aminining o‘limidan keyingi namoyishlar natijasida shu paytgacha hayotdan ko‘z yumganlar soni 54 kishiga yetdi.