Keniyada olti qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Keniyaga qarashli tumanlardan biri bo‘lgan Kiambuda qurilish jarayonida bo‘lgan olti qavatli bino qulab tushdi.

Tezkor guruh yordamchilari hozirgacha olti kishining jasadini topishdi, bitta yosh bola hamda to‘rt kishini yarador holda topishdi. Binoning nima sababdan qulagani hali ma’lum emas, qolaversa, uning ostida qolgan kishilarning soni ham aniq emas.

Ushbu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 06:30 da sodir bo‘lgan. Yaradorlarning ayrimlarining hayoti jiddiy xavf ostida ekanligi aytilmoqda. Kiambu tumani hokimi Kimani Vamatangi o‘zining bergan intervyusida “Buyerga qurilayotgan bino eng so‘ngi standartlarga javob beradigan darajada edi. Bu ishning boshida turgan odam beruxsat ish boshladi. Kelib, ruxsat so‘radi. Unga bir necha shartlar qo‘yildi. Biroq u biz bilan boshqa bog‘lanmadi. Binoni qurishda davom etdi”, deya ta’kidlagan.

Buyerda sodir bo‘lgan falokatga befarq bo‘lolmaymiz, dedi Vamatangi. Polisiya xodimlarini bu ishda bahamjihatlikka chaqirdi.