Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 2019 yil 21 yanvar kunidagi ijro vraqasiga asosan qarzdor M.A. hisobidan undiruvchi Sh.D. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning barcha daromadlarini 1/3 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2022 yil 12 sentyabr kuni kelib tushgan.
Ijro xarakatlari davomida, qarzdor M.A.ning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Shuningdek, qarzdorning nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan so‘rovnomalar olingan va aniqlangan mol-mulklariga nisbatan ta’qiqlar qo‘yilgan.
Bundan tashqari qarzdorni aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan ogoxlantirish berilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor M.A. undiruvchi Sh.D. bilan o‘zaro kelishgan holda farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar 100.000.000 so‘m aliment pullari to‘lashligini bildirdi va mazkur aliment pullari qarzdor tomonidan Byuroning Koson tuman bo‘limi hisob raqamiga to‘lab berilgach ushbu pul mablag‘lari undiruvchi Sh.D.ning plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi hamda ijro hujjati tamomlandi.