«Uzbekistan Airways» AJ qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch – Milan – Toshkent, Urganch – Rim – Toshkent va Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:
Urganch – Rim – Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25 oktyabrgacha);
Urganch – Milan – Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28 oktyabrgacha);
Toshkent – Parij – Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28 oktyabrgacha).