Afg‘oniston poytaxti Kobulda Tolibon hukumatining Ichki Ishlar Vazirigi lageridagi mavjud masjidda, peshin namozi vaqtida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 25 kishi yaralandi.
Vaziyat yuzasidan ma’lumot bergan Abdul Nafi Takor portlashni masjiddagi fuqarolar hamda Ichki Ishlar Vazirligida faoliyat yurituvchilar tashkillashtirganini aytib o‘tdi.
Kobuldagi shifoxona, portlashdan keyin 20 ta bemorni qabul qilishganini, ulardan 2 tasi shu yerda vafot etganini aytdi.
Tolibon hukumati, Kobuldagi portlash sabablari haqida hali biror rasmiy izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz:
O‘tgan juma kuni Kobuldagi ta’lim markazlaridan birida yuz bergan portlashda 53kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.