Samarqand shahrida 64 yoshli kranchi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi, deya xabar bermoqda samarqandlik jurnalist Farhod Norbo‘tayev.
Voqea joriy yilning 3 oktyabr kuni soat taxminan 11:00larda Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasidagi 117-uyda “Bog’ishamol City” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari jarayonida sodir bo‘lgan.
Kranning qulashi natijasida 1958 yilda tug‘ilgan R.A. kabinadan tushib ketib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.