Qatar davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammitda sun’iy intellekt asosida ishlovchi ko‘p funksiyali tibbiy platforma taqdimoti o‘tkazildi. Unda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yetti tilda tibbiy maslahat beruvchi “elektron shifokor”ni taqdim etdi.
Tashkilot Qatar davlatida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammitda sun’iy intellekt asosida ishlovchi ko‘p funksiyali tibbiy platforma taqdimotini o‘tkazdi. “Florans 2.0” deb nomlangan innovasion tizim elektron shifokor vazifasini o‘taydi.
U yetti tilda tibbiy maslahatlar beradi:
Odamlarga stressdan chiqish;
To‘g‘ri ovqatlanish;
Jismoniy faollik;
Tamaki va elektron sigareta chekishni tashlash;
COVID-19ga qarshi kurash va vaksinalardan samarali foydalanish.
Aytilishicha, “Florans 2.0” texnologiyasi sog‘lom turmush tarzining beminnat targ‘ibotchisi bo‘ladi. Xalqaro mutaxassislar fikricha, kelgusida bu kabi elektron platformalarning yanada takomillashgan versiyalaridan elektron tibbiyotda keng foydalanilishi ko‘plab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda har 8 kishidan 1 nafari ruhiy tushkunlikdan aziyat chekib yashaydi. Qolaversa, yiliga 16 million nafar odam chekish va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. Jismoniy harakatizlik tufayli kelib chiqadigan xastaliklar taxminan 830 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ladi.