O‘zbekiston amputantlar jamoasi Jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda jamoamiz Gaitini 4:2 hisobida yengdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 10 oktyabr kuni soat 19:00 da Turkiyadan Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.