Har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi.
Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:
- undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla byudjetida qoladi;
- har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.