«Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya chaqirib olinganidan keyin bank ma’muriyati omonatchilarni chaqirib, omonatlarni qaytarish bo‘yicha arizalar olish ishlari davom etmoqda.
Bizga berilgan ma’lumotga ko‘ra, bugunga qadan birinchi kun 324 murojaatchi, ikkinchi kuni 341 murojaatchidan ariza qabul qilib olingan. Murojaatchilar uchun 6 ta oyna doimiy xizmat ko‘rsatib turibdi.
Ma’lum qilinishcha, Kunlik hisobotlar Markaziy Bankka yetkazilib, tez fursatda omonatlarni egalariga qaytarish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya chaqirib olingani haqida xabar bergandik.