NASA asteroid trayektoriyasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi

NASA Yerni asteroidlarning ehtimoliy tahdidlaridan himoya qilish texnologiyasining sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi: DART kosmik zondi Dimorf asteroidining parvoz yo‘lini muvaffaqiyatli o‘zgartirdi. To‘qnashuv asteroidning orbital vaqtini 32 daqiqaga qisqartirdi, bu missiya maqsadli ko‘rsatkichidan 25 martadan ortiqroqdir.

Shu bilan, insoniyat birinchi marta samoviy jismning harakatini o‘zgartirdi. NASA rahbari Bill Nelsonning aytishicha, bu sayyoralar mudofaasi va insoniyat uchun muhim burilish davridir.

Eslatib o‘tamiz, DART zondi 27 sentyabr kuni Yerdan deyarli 11 million km uzoqlikda bo‘lgan Dimorf asteroidi bilan to‘qnashgan edi.