18 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.