Reyslar haftasiga 104 tadan 130 tagacha ko‘paytiriladi. Bu haqda Samarqanddagi Discovering Uzbekistan anjumanida ma’lum bo‘ldi.
Umumiy hisobda, milliy aviatashuvchining parvozlari haftasiga 280 tagacha yetadi: Turkiyaga (27 dan 32 gacha), Qozog‘istonga (14 dan 19 gacha), Qirg‘izistonga (5 tagacha), shuningdek BAA, Saudiya Arabistoni, Yevropa shaharlari, Janubiy Koreya, Hindiston va Misrga ham parvozlar oshiriladi.