Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegrasiya qilish vaziri Irina Vereshchuk urush tufayli xorijga ketgan ukrainaliklar bu yil qishda vatanlariga qaytmasliklari ma’qul ekanini ta’kidladi, deb yozadi Meduza.
«Ko‘ryapsizmi: Rossiya tinch aholini qo‘rqitishga o‘tdi, u armiyaga qarshi kurasha olmaydi, jang maydonida mag‘lub bo‘lmoqda», — deya uning so‘zlarini keltiradi manba.
«Sizdan qaytmaslikni so‘rayman, qishdan omon chiqishimiz kerak. Afsuski, energiya tarmoqlari avvalgidek davom etmaydi, Rossiya nima qilayotganini ko‘rib turibsiz. Qishda qaytmang. Iloji bo‘lsa, qishni chet elda o‘tkazish fikringizda qoling», — deydi Vereshchuk.