“O’zbekipaksanoat” uyushmasida FVV bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

Xabaringiz bor, 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yurtimizda “Yong’in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.

Kuni kecha mazkur yong’in xavfsizligi oyligi doirasida “O’zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Mirzo Ulug’bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi hamkorligida uyushma ishchi-xodimlari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar bo’limining profilaktika va nazorat bo’linmasi inspektori M.Nosirov tomonidan zilzila, yong’in va boshqa favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi bo’yicha tushunchalar berib o’tildi.