Bo‘lib o‘tayotgan prezident boshchiligidagi yig‘ilishda Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida kanallarni betonlash ishlari sust olib borilayotgani tanqid qilindi.
Qayd etilishicha, respublikada 75 ta yirik kanalni betonlashga byudjetdan 680 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Asosiy maqsad eng ko‘p suv yo‘qotiladigan kanallarni sug‘orish davri boshlanishigacha betonlashdan iborat.
Ammo, Qashqadaryodagi loyihasi tayyor 9 ta kanalni beton qoplamaga o‘tkazish ishlari bor-yo‘g‘i 34 foizga bajarilgan. Sirdaryodagi 3 ta kanalda esa betonlash bo‘yicha bajarilgan ishlar 10 foizga ham yetmaydi.
Davlat rahbari hamma kuchni to‘liq safarbar qilib, vegetatsiya davri boshlanguncha betonlash ishlarini yakunlash shartligini ta’kidladi.