Qo‘qonda o‘g‘irlik qilgan ayol ushlandi

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 1-iyul sanasida A.Sh ismli fuqaro Qo‘qon shahri IIVga murojaat qilib, 30-iyun kuni noma’lum shaxs Loyxaviy ko‘chasida joylashgan buyum bozoriga xarid uchun kelgan vaqtida qo‘lidagi ayollar sumkasidan narxi 2 500 000 so‘mni tashkil etgan «Samsung A– 10» rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda og‘irlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan