Qarshida 3 kishi PPX xodimlariga mast holda qarshilik ko‘rsatdi

IIV matbuot kotibiga ko’ra, joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 23.00 larda Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlariga mast holatda bo‘la turib, faol qarshilik ko‘rsatgan1990 y.t fuqaro N.A. hamda uning sheriklari 1995 y.t. N.A. va 1987 y.t. X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda huquqbuzarlar prosessual tartibda qamoqqa olingan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan