«100 dollar»ga kiyim-kechak olgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

18 sentyabr kuni A.A IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning avgust oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, qalbaki 100 AQSH dollarini berib, evaziga 405.000 so‘mlik kiyim-kechaklar sotib olib, qaytimiga 650.000 so‘m pullarni olib, aldov yo‘li bilan kiyim-kechak va 650.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritganligini bildirgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi 1 qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan