Mashhur turk kinoijodkorlari Toshkentga tashrif buyuradi

Ular «Kara sevda» («Sevgi iztirobi») hamda «Muhtasham yuz yil» seriallarida o‘ziga xos obrazlarda namoyon bo‘lgan aktrisalar Melisa Pamuk va Filiz Ahmet, shuningdek, Turkiyadan yana Ozdjan Deniz, Selim Bayraktar, Sefa Zengin, Erdjan Kesal, Erkan Kolchak Kyostendil va boshqa kinoijodkorlarning tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi ma’lum qilmoqda.

Bundan tashqari, turkiyalik kinoijodkorlar qatori estrada xonandasi Serdar Ortach ham Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish istagini bildirgan.

Turkiyalik mehmonlar kinofestival oldi tashkilotchilarga videomurojaat yo‘llab, Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishlarini ma’lum qilishgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali taniqli kinoyulduzlariga mezbonlik qilish bilan birga, festival doirasida 15 ga yaqin davlatning kino kunlari ham o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan