Namanganda ishchi xodimlar majburan paxta terimiga jalb qilindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi “To’raqo’rg’on neft bazasi” MChJ xodimlari ixtiyoriy-majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilinayotganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “To’raqo’rg’on neft bazasi” MChJ xodimlari ish joylarida ekanligi aniqlandi, ular bilan alohida suhbatlar o‘tkazilganda ular paxta terimiga jalb qilinmaganligini ma’lum qilishgan.

Shuningdek, ushbu korxonada barcha xodimlar va rahbarlar ishtirokida yigilish o’tkazilib, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan shaxslarga ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi tushuntirilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan