Qancha oʻzbekistonlik Rossiyada «Kosmik ish»da ishtirok etadi?

Pilot loyiha bo‘yicha o‘zbekistonlik quruvchilarining qariyb 10 foizi «Vostochniy» kosmodromi qurilishida ishtirok etadi.

«Men hozir aniq raqamni eslay olmayman, lekin ular taxminan 10 ming kishilar orasida 1 mingga yaqini belgilandi. Ikki kompaniya — PSO ‘Qozon’ va ‘Krocus’ kosmodromda qurilish olib bormoqda”, — dedi Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin. Iyul oyi oxirida 140 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Amur viloyatidagi «Vostochniy» kosmodromi qurilish ishlariga ketdi. Kuni kecha yana 170 kishi Toshkent va Samarqanddan Amur viloyatidagi kosmodrom qurilish maydonchalariga ishlash uchun jo‘nab ketdi.

Fuqarolarni ish joyiga yetib borish (transport), ishlash uchun ruxsatnomasi (patent) va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.