Rossiya Tergov Qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikinning «Interfaks» nashriga bergan intervyusi ancha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bastrikinga ko‘ra, Rossiya barcha mehnat muhojirlarini genomik (milliy-irqiy) ro‘yxatga olishi va migratsiya qonunchiligini mustahkamlashi kerak.
Tergov qo‘mitasi rahbari hozirda migrasiya “yuzlab me’yoriy hujjatlar” bilan tartibga solinganini va bu “ko‘p qirrali va ancha murakkab normativ baza” ekanini eslatdi. Shu munosabat bilan u migrasiya kodeksini yaratish vaqti keldi, deb hisoblaydi.
Yangi me’yoriy hujjatda u “migrasiyaning barcha shakllarini, shuningdek, chet elliklarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq me’yorlarni ishga qabul qilish uchun kvotalar berilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, migrantlarni ro‘yxatga olish, ularning barmoq izlarini olish tartibini aniq belgilash va nazoratning boshqa turlari”ni taklif qildi.
Uning fikricha, qonunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning chegarachilar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi ham belgilanishi kerak. Bu esa migrasiya nazoratini yanada samaraliroq qiladi.
“Bunday chora-tadbirlar migrasiya jarayonlari ustidan nazoratni jiddiy ravishda kuchaytiradi, jinoyatchilarning mehnat bozorimizga kirib kelishiga qo‘shimcha to‘siq qo‘yadi, huquq-tartibot idoralari esa ular sodir etgan jinoyatlarni yanada muvaffaqiyatli fosh etadi”, — deya tushuntirdi Tergov qo‘mitasi raisi.
Bastrikinning ta’kidlashicha, 2020-yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan 17 mingdan ortiq jinoyatlar, 2021-yilning birinchi yarmida esa deyarli 19 mingtasi tergov qilingan.
“Hozirgi vaqtda mehnat muhojirlarining noqonuniy xatti-harakatlari ko‘payib bormoqda, ular ishtirokida jamoat tartibini qo‘pol buzishlar, ommaviy mushtlashuvlar sodir bo‘lmoqda”, – dedi u Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi yo‘qligini ta’kidlab