Eskidan qolga bir rivoyat bor. Emishki, bir kampir echkisigi o‘g‘irlatib qo‘yib, shoh yoniga arz bilan keladi. Saltanat sultoni arzini eshitgach, «o‘zingiz uxlab qolgansiz, echkini qo‘riqlasangiz bo‘lmaydimi?» deya nasihat qiladi. Biz shu joyida rivoyatni to‘xtatamizda, bugungi kun voqeasidan sizga bir parcha namoyish etamiz.
* * *
Dehqonning hut ayamajizidan boshlb kech kuzak-ilk qorgacha dalada chekadigan zahmati yolg‘iz o‘ziga ma’lum. Biz sizga yetkazmoqchi bo‘lgan hol qahramoni Orziqul aka Ochilov ham ayoli bilan birga fermerdan uch gektar yer ijaraga olib, ne mashaqqatlarda loviya yetishtirishgan edi. Qurg‘oqchil kelgan yoz mavsumida yollanma ishchilarning o‘zigayoq o‘n besh million so‘m ketgan bu dehqonchilikdan olingan hosil o‘z egasini qoniqtirdi, albatta. Ammo…
Buni qarangki, o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q tekin va oson pul topishni istaydigan kaslar ularning xirmonini ham «begona qilishmadi». Dastlab 6 yanvar kuni sodir etilgan o‘g‘rilik bir hafta keyin yana takrorlanadi. Bu safar yanada ko‘proq.
– O‘sha kuni singlim kelgan edi uyga. Qishda chevarlik qilib. yozda dehqonchilik bilan kun kechiramiz. O‘sha kuni ham yarim kechasigacha tikish ishlarim bilan bo‘ldim, – deydi xonadon bekasi. – Soat birlarga yaqin xo‘jayinim qo‘ylarga qarashga chiqdi-yu. shu gapni olib keldi. O‘g‘rining izidan qo‘shni qishloqqacha boribdi-yu, undan uyog‘iga izini yo‘qotibdi…
O‘sha kuniyoq ichki ishlar tizimining 102 favqulodda xizmat raqamiga chiqishadi. Ammo, murojaat eshitilib, qabul qilinadi-yu, hech kim kelmaydi. Hududiy uchastka noziriga esa, bog‘lana olishmagan. Mahalla raisi ham beparvo. Ajabo, butun boshli o‘g‘rilik sodir etilsa-yu, bir kas «holing ne» demasa.
Mashhura opa Berdiyevaning so‘zlariga ko‘ra, unga IIbdan telefon qilishib, voqealar haqida so‘rashgan va xodimlar yuborishni va’da qilishgan. Ammo, o‘g‘ri uy egalari tomonidan tutilibi hamki, hech qanaqa xodimlardan darak yo‘q. Kim bilsin, 14-yanvar uzoq muddatli ta’sirga ega. shekilli.
Sal qolsa, yodimizdan chiqay debdi: xonadon xonadon sohibasi bilan suhyuatlashgan Yo. ismli xodim unga «qo‘riqlash kerak edi, o‘g‘ri o‘g‘irlaydi-da, oldida yotish kerak edi» deb «qimmatli maslahatlar» bergan (audioyozuvlar mavjud). Faylasuf K. G. Yung «Fikrlash juda mushkul, shu sababli ko‘pchilik o‘ylamay maslahat beradi» deb bejiz aytmagan ko‘rinadi.
* * *
Ha, aytgancha, rivoyatning davomi. Shunday qilib, shohning maslahatiga yarasha kampir ham «men-ku, uxlayotgandim-a, lekin sizni uyg‘oq deb o‘ylabman» deya javob beribdi. Izza bo‘lgan shoh kampirga nafaqa va sog‘in sigir tayin etgan ekan.
Bunday voqealar hayotda ham uchraydi, ammo yakuni rivoyatlardagidek bo‘lmasligi aniq.
Ichki ishlar tizimi, o‘zingizni bir turtib, uyg‘oning. Ahvol voy.
Kamoliddin Azzamov
Mavzuga oid:
Endi Ichki ishlar xodimlari ustidan shikoyat qilish mumkin!