​​Tafakkur vaqti: Asosiysi qolib…

Bir yigit mototsiklda postdan o‘tayotgan edi. Orqasidagi ikkita katta sumkani ko‘rgan nozir ichida nima borligini so‘radi.

“Qum”, javob berdi yigit.

Nozir ularni ochib ko‘rdi, yigitning gapi rost ekaniga amin bo‘lgach, o‘tkazib yubordi.

Bir necha kundan so‘ng yigit yana o‘sha holatda o‘tdi, nozir yana sumkalarni tekshirdi, hech nima topolmadi.

Bunday hol nozir nafaqaga chiqquncha davom etdi.

Yillar o‘tib, o‘sha yigit bilan ko‘rishib qolishganida so‘radi:

— Sen yillar mobaynida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanganing aniq. So‘z beraman, oramizda qoladi, nima o‘g‘irlarding, ayt?

Yigit ayyorona tabassum bilan javob berdi:

— Mototsikl.