Belarus qo‘shinlari harakatini yashirish uchun internetni uzib qo‘ydi

Rossiya qo‘shinlarining Belarus hududi bo‘ylab harakatlanishi haqidagi ma’lumotlarni yashirish maqsadida respublika aholisi uchun internet xizmati o‘chirib qo‘yildi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasiga asoslanib FOKUS ma’lum qildi.

“1aprelda birinchi marta Belarus Respublikasining mobil aloqa abonentlari uchun internetga kirishni to‘liq yoki qisman cheklash qayd etilgan. Bir oy davomida Belarusning butun hududlarida internetdan foydalanish cheklangan edi”, — deya xabar qilganUkraina Bosh razvedka boshqarmasi.

Harbiy razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishlar maxsus xizmatlar tomonidan muvofiqlashtiriladi. Shunday qilib, Belarus KGB va Rossiya FSB xizmati ijtimoiy tarmoqlarda harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarning tarqalishini to‘xtatishga harakat qilmoqda.

«Minskning janubi va janubi-sharqidagi ayrim hududlarda tarmoqqa kirishdagi anomaliyalar harbiy texnikalar harakati uchun koridor mavjudligidan dalolat beradi, bu boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlangan», – deya ta’kidlagan boshqarma.

Belarus faollari mamlakatda bir nechta telegram kanallari ishlashi, ular Rossiya va Belarus qo‘shinlarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi, shuningdek, Ukraina ob’ektlariga raketa uchirilishi haqida tezkor xabar berishini aytib o‘tgan. Ma’lum qilinishicha eng mashhur kanallardan biri «Belarus Gayun». Uning mualliflari Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotlarini qisman tasdiqlaganlar.

Telegram kanal mualliflari mamlakatning boshqa hududlarida internet tarmog‘ining o‘chirilishi yoki uzilishlari haqida ularda ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan. Ular Internetni o‘chirishdan foyda yo‘qligiga aminlar, chunki belaruslar «bu haqda xabar berishning yo‘lini topadilar». 2020 yildan boshlab, ommaviy noroziliklar fonida mamlakat xavfsizlik kuchlari bunday choralarni qo‘llashni boshlagan paytdan boshlab, Belarus faollari bunday usullarning «to‘liq ro‘yxatini» ishlab chiqqanlar.

«Gomel viloyatining turli tumanlarida vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan Internet tezligining pasayishi (o‘chirish emas), har doim ham maqsadli cheklovni anglatmaydi», deb hisoblashadi telegram-kanal mualliflari.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kiberhujumlardan tashqari, belaruslik xakerlar “P-Telegram” messenjerini xavfsizlik kuchlari nazarida qolish xavfi ostida bo‘lgan odamlar uchun mahsus versiyasini yaratganlar. Ushbu versiya norozilik suhbatlarini avtomatik o‘chirish, hisobdan chiqish, keshni tozalashni ta’minlaydi.

«Kiberpartizanlar» shuningdek, Belarus janubidagi rus qo‘shinlarining joylashuvi va harakatlari haqida xabar berishi mumkin bo‘lgan chat botini ishga tushirdi.