Bir kuni amir Bashir ash-Shixobiy xizmatkoriga:
– Baqlajon yegim keldi, – dedi.
Xizmatkor:
– Alloh baqlajonni yorlaqasin! U yeguliklarning to‘rasi, yog‘siz go‘sht demak, qiltanoqsiz baliq. Qaynatib yesangiz bo‘ladi, qovurib yesangiz bo‘ladi, dimlab yesangiz bo‘ladi, tuzlab yesangiz bo‘ladi, qiymalab yesangiz bo‘ladi…
Amir:
– Lekin ilgari yeganimda oshqozonimni og‘ritgan edi.
Xizmatkor:
– Qurib ketsin bu la’nati Baqlajon!!! Iste’moli noxush, hazmi og‘ir, bemaza, qop-qora, ko‘rimsiz narsa!
Amir:
– Ey, yaramas! Bir vaqtning o‘zida ham maqtab, ham yomonlab bo‘larkanmi?! Hozirgina og‘iz ko‘pirtirib maqtamadingmi?!
Xizmatkor:
– Xojam! Men amirning xizmatchisiman, baqlajonning emas! Agar amirga muvofiq bo‘lsa, soz deyman. Bordi-yu nomaqbul desa, yomonlayman-da u yuzi qorani!