“Hisobot uchun rasmga tushib ketishadi”. Ogoh.uz’ga Namangandan murojaat

Мурожаат

Namangan viloyati Uychi tumanidan Ogoh.uz axborot-tahliliy portaliga murojaat keldi. Murojaatchi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki yondosh vazirliklardan dardiga oro kirishni so‘ramoqda.

«Men Ergasheva Feruza, 42 yoshdaman, Namangan viloyati, Uychi tumani, Beruniy ko‘chasi, 10 uy, 16 xonadonda istiqomat qilaman. Hozirda ikkinchi guruh nogironiman. Protez oyoqda yuraman.

Muammoyim: oldin Koreyaning protez oyoqlaridan foydalanardim, hozir har qancha O‘zbekiston protezlaridan foydalansam-da, sinib qolyapti, pullik protezga imkoniyatim yo‘q. Ko‘p joylarga murojaat qildim. Tuman, viloyat hokimiyatlariga murojaat bilan chiqdim, murojaatim e’tiborsiz qoldirildi. Nogironlar jamiyatidan ham sado bo‘lmadi. Shuning uchun sizlarga aloqaga chiqyapman”, deya ta’kidlaydi u.

Balki so‘zlarim yuqori tashkilotlarga yetib borar, deya televideniyega kelgan, birov ba’zi sabablarga ko‘ra mas’ullar bilan uchrasha olmgan.

“Men o‘zimni o‘zim band qilib, yana o‘zimga o‘xshagan imkoniyati cheklangan 20 nafar ayol-qizlarni ham ish bilan ta’minlaganman. Uychi tuman hokimiga syeximiz uchun turar joy binosi ajratib berishini so‘ragandim, biroq buzishga beriladigan, bir ahvoldagi uyni berishdi. Jihozlar so‘ragandik, ular ham bir ahvolda. Doimaiy ravishda tuman hokimi qabuliga boraman, muammoni hal qilamiz deb va’da berishadi, birov hech amaliy yordam bo‘lmaydi. Har safar kelib birga suratga tushib ketishadi, hisobot uchun tushgan suratlari bilan go‘yo yordam qilgandek ko‘rinishadi. Amalda esa hech qanday natija yo‘q. Ba’zida yuqori qavatdagi uyimga chiqishim qiyin bo‘ladi, o‘g‘lim ko‘tarib chiqadi. So‘rashtirib ko‘rdim 5

“Hisobot uchun rasmga tushib ketishadi”. Namangandan murojaat

Namangan viloyati Uychi tumanidan Ogoh.uz axborot-tahliliy portaliga murojaat keldi. Murojaatchi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki yondosh vazirliklardan dardiga oro kirishni so‘ramoqda.

«Men Ergasheva Feruza, 42 yoshdaman, Namangan viloyati, Uychi tumani, Beruniy ko‘chasi, 10 uy, 16 xonadonda istiqomat qilaman. Hozirda ikkinchi guruh nogironiman. Protez oyoqda yuraman.

Muammoyim: oldin Koreyaning protez oyoqlaridan foydalanardim, hozir har qancha O‘zbekiston protezlaridan foydalansam-da, sinib qolyapti, pullik protezga imkoniyatim yo‘q. Ko‘p joylarga murojaat qildim. Tuman, viloyat hokimiyatlariga murojaat bilan chiqdim, murojaatim e’tiborsiz qoldirildi. Nogironlar jamiyatidan ham sado bo‘lmadi. Shuning uchun sizlarga aloqaga chiqyapman”, deya ta’kidlaydi u.

Balki so‘zlarim yuqori tashkilotlarga yetib borar, deya televideniyega kelgan, birov ba’zi sabablarga ko‘ra mas’ullar bilan uchrasha olmgan.

“Men o‘zimni o‘zim band qilib, yana o‘zimga o‘xshagan imkoniyati cheklangan 20 nafar ayol-qizlarni ham ish bilan ta’minlaganman. Uychi tuman hokimiga syeximiz uchun turar joy binosi ajratib berishini so‘ragandim, biroq buzishga beriladigan, bir ahvoldagi uyni berishdi. Jihozlar so‘ragandik, ular ham bir ahvolda. Doimaiy ravishda tuman hokimi qabuliga boraman, muammoni hal qilamiz deb va’da berishadi, birov hech amaliy yordam bo‘lmaydi. Har safar kelib birga suratga tushib ketishadi, hisobot uchun tushgan suratlari bilan go‘yo yordam qilgandek ko‘rinishadi. Amalda esa hech qanday natija yo‘q. Ba’zida yuqori qavatdagi uyimga chiqishim qiyin bo‘ladi, o‘g‘lim ko‘tarib chiqadi. So‘rashtirib ko‘rdim 50 mlnlar atrofida turar ekan sifatli protez oyoq, mening bunga imkoniyatim yo‘q. Ro‘zg‘orni o‘tkazishni o‘zi qiyin.

Prezidentimiz tomonidan nogironlarga berilayotgan subsidiyalardan foydalansak. Sifatli protezlar va tatbirkorligim uchun bino zarur. Iltimos, shu bo‘yicha amaliy yordam bersangiz», deya so‘zlarini yakunlaygan murojaatchi.

O‘ylaymizki ushbu murojaat kerakli joylarga yetib boradi. Hisobot uchun rasm tushib yurgan amaldorlarimiz amaliy yordam ko‘rsatishadi, zero barchasi “inson qadri uchun” degan shiorlar bekordan bekorga el orasiga yoyilmadi.

0 mlnlar atrofida turar ekan sifatli protez oyoq, mening bunga imkoniyatim yo‘q. Ro‘zg‘orni o‘tkazishni o‘zi qiyin.