Innovasion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tanlovda ishtirok etuvchi startap loyihalar tashabbuskorlaridan arizalar joriy yilning 31 iyulidan 1 oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Startap loyihasi tashabbuskori loyiha ta’sischilaridan biri (kompaniya bo‘lsa – asosiy aksiyadorlardan biri) bo‘lishi kerak. Loyiha tashabbuskori (bitta ishtirokchi) bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli startap loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular o‘zlarining innovasiyalari va texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi kerak.