Abituriyentlarning:
➖ 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
➖ 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan.
Imtiyozga ega abituriyentlarning:
➖ 3,2 ming nafari nogironligi boʻlgan shaxslar;
➖ 272 nafari “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari boʻlgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;
➖ 4,7 ming nafari muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
➖ 1,9 ming nafari harbiy xizmatchilarning farzandlari;
➖ 739 nafari Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari;
➖ 1,9 ming nafari ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
➖ 379 nafari kamida 5-yil ish stajiga ega xotin-qizlardir.