Limonning foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

Limonni doimiy tarzda iste’mol qilish soch to‘kilishini oldini oladi. Ular jigar va o‘t pufagining ishlash jarayonini yaxshilab, organizmdan toksinlarning chiqib ketishiga yaxshi vosita bo‘ladi. Limonni shakarsiz iste’mol qilish tavsiya etiladi, shunda u o‘z foydali vitaminlarni yo‘qotmaydi.

Uning kasalliklarga qarshi vosita ekanligi hammamizga yaxshi ma’lum. U immunitetni kuchaytirib, tanamizni kasalliklarga qarshi kurashchanligini orttiradi.

Tomoq og‘rig‘i bezovta qilganda bir stakan limon sokini bir stakan suv bilan aralashtirib bir choy qoshiq shakar solib har ikki soatda iste’mol qilish lozim. Nafas olish yo‘llari shamollaganda esa sarimsoq (chesnok) piyozni ezib, yarimta limon bilan aralashtirib asal qo‘shib yeyish zarur. Bu nafas yo‘llarini yumshatishda yordam beradi.