Dunyoning eng qadimiy yuragi topildi

Tadqiqotchilar, 380 million yillik yurakni topishdi. U baliq qoldiqlarining ichida saqlanib qolgan edi. Hayotlari davomida juda ko‘plab kashfiyotlarni aniqlagan tadqiqotchilar bunday voqeaga ilk bor duch kelayotganliklarini ta’kidlashdi.

Ushbu kashfiyot Gʻarbiy Avstraliyada aniqlandi. Yurak, qurib suvsiz holatga kelib qolgan Gogo nomli baliqqa tegishli. Odatda qoldiqqa aylanib ketgan jonivorlardan faqat suyaklar qolishi mumkin. Biroq ushbu baliq qoldiqlarida jigar, oshqozon, ichak va yuragi saqlanib qolgan.

Professor Jon Long bu voqeani eng hayratlanarli hodisa deb baholadi. Long “Biz hozirgacha bunchalik darajadagi qadimiy birorta hayvonning yumshoq organlari haqida hechnima bilmasdik” deb ta’kidladi.