Braziliyada o‘sadigan g‘aroyib uzum daraxti: mevalari go‘yo rassom chizib qo‘ygandek

Braziliyada o‘sadigan uzum daraxtining nomi Jabutijaba bo‘lib, uning oddiy uzum navlaridan farqi bor. Mevalari tanasiga marjonday terib qo‘yilgan ushbu ajoyib va noyob daraxt ko‘rgan kishini hayratda qoldiradi. Ushbu daraxt ikki yilda bir marta meva beradi.

Jabutijaba daraxti faqatgina Janubiy Amerika tomonlarda, xususan Braziliya, Paragvay va Argentinada o‘sadi. Mevalari avvaliga daraxtning tanasida gullaydi hamda to mevaga kirguncha rangi ham o‘zgarib boradi. Mazkur kamyob daraxtning mevalaridan murabbo, marmelad, shuningdek sharbat tayyorlanadi.

Shu bilan birga jabutijaba daraxtining mevasi qalqonsimon bez, astma, diareya kasalliklarini davolashda samarali foydalaniladi. Mevasining tarkibida В va С vitamini, qolaversa, temir moddasi mavjud. Ayniqsa homilador ayollarning eng sevimli mevasi hisoblanadi.

Tarkibida kuchli antioksidlar mavjudligi sabab saratonning bir qancha turlariga qarshi yaxshi vosita, tetiklashtiruvchi ta’sirga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mevalari uzumga o‘xshash bo‘lganligi sababli ham uni uzum daraxti ham deb atashadi.