Tanada jigar filtr vazifasini bajaradi: u ovqatni energiyaga aylantiradi va qonni tozalaydi. Biz iste’mol qilayotgan yoki ichgan hamma narsa u orqali o‘tadi.
Jigar yog‘lanish kasalligi xavfi ostida:
Ortiqcha vazn (tana massasi indeksi 7 kg/m² dan ortiq) va qorinning semirib ketishi (belda yog ’to‘planganda). Xavotirli belgi – bel atrofi 88 sm dan oshadi.
Qondagi xolesterin yoki trigliseridlar darajasining oshishi (LDL 2,5 mmol/l dan yuqori).
2 -toifa diabet. Glyukoza miqdorining oshishi (6,1 mmol/l dan yuqori).
Tez vazn yo‘qotish, haddan tashqari qattiq diyetalar ham xavfli bo‘lishi mumkin. Ochlik diyetasida o‘tirib, tanada yog to‘planishi kuzatiladi.
Nima qilish kerak?
Jigar — o‘z-o‘zini tiklaydigan organ. Dastlabki bosqichda diyetangizni va turmush tarzingizni o‘zgartirish kifoya. Dengizi taomlarini, sabzavotlar, baliq, don iste’mol qilish kerak. Yog‘li, sho‘r va shirin taomlarni kamroq iste’mol qilgan ma’qul.