«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinadi

Prezident mutasaddilarga:

➖ vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yo‘lga qo‘yish;

➖ viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish;

➖ kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish;

➖ viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

➖ shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Bo‘stonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yo‘nalishlarda yangi o‘quv dasturlari asosida o‘qitishni boshlash;

➖ “Ipak yo‘li” turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni o‘qitish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi H.Hosilov 3 oyda o‘z tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.