Toshkent viloyatida 368 ta qidirudagi avtotransport vositalari topildi

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasining qidiruv shoʻbasi tomonidan qarzdorlarni va ularga tegishli bo‘lgan mol mulklarni qidirib topish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa qarzdorlarning qidiruv e’lon qilingan avtotransport vositalarini qidirib topishda samarali natijalarga erishilmoqda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan 8 oylik davri mobaynida boshqarmaning qidiruv bo‘lim tomonidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 347 ta avtotransport vositalari topilgan. Sentyabr oyida esa ularning soni 21 taga ko‘paygan.

Bu natijalarga erishishda albatta joylardagi IIB YXXB bilan hamkorlik katta ahamiyatga egadir. Xozirda viloyatning 22 ta tuman-shahar YXXB bo‘limlari bilan boshqarma qidiruv xodimlari doimiy ravishda qo‘shma tadbirlar o‘tkazib, qarzdorlarga tegishi avotransport vositalarini aniqlab, ularni jarima maydonlariga joylash choralarini ko‘rmoqdalar.

Misol uchun, Byuroning Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan alimentdan qarzdor R.Pazilov davlat ijrochisining talablarini bajarmagani va aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani sabab, uni boshqaruvida “Lasseti” avtomashinasi borligi aniqlanib boshqarmaning qidiruv bo‘limiga ma’lum qilingan. Qidiruv va YXXB bo‘limi xodimlarining tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor R. Pazilov va unga tegishli bo‘lgan avtoransport vositasi aniqlanib ushlangan va jarima maydonchasiga joylashtirilgan.