Moʻgʻuliston immigratsiya agentligi rahbari mamlakatga kelgan rossiyaliklarga yashash uchun ruxsatnomalar berilishini maʼlum qildi.
Agentlik rahbarining maʼlum qilishicha, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Moʻgʻulistonda maʼlum muddat qolish uchun ariza topshirishadi va ularning arizalari koʻrib chiqiladi.
«Mavjud vaziyat munosabati bilan murojaat qilgan rossiyaliklarga tegishli toifadagi yashash ruxsatnomalarini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi», — deydi Moʻgʻuliston immigratsiya agentligi rahbari oʻzining bayonotida.