Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Er va suv resurslari cheklangan sharoitda qishloq xoʻjaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.
Lekin, tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urugʻ va koʻchatlarni etkazib berish, sanoat muhitini olib kirish boʻyicha ayrim mutasaddilar va hokimlar etarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.
Joriy yilda tumanlarga hosildor urugʻlarni etkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga oʻqitib, paxta va gʻallada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, oʻgʻit tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xoʻjaligini 900 ming tonna mineral oʻgʻit bilan ta’minlash vazifasi qoʻyildi.