AQSHda oilasi bilan yashovchi o‘zbekistonlik 15 yoshli Gʻiyos Umarov bepul o‘quv materiallarining eng yirik kataloglaridan biri iTunes U da bo‘lgan xatoni topdi.
Ilova butun dunyo bo‘ylab millionlab o‘qituvchilar va talabalar orasida mashhur. Biroq, yaqin vaqtgacha dasturda kamchilik bor edi – yomon niyatli kishilar foydalanuvchilarning barcha shaxsiy ma’lumotlarini olishlari yoki o‘quv jarayoniga har tomonlama aralashishi mumkin edi.
Xatoni topgan Gʻiyosjon kompaniyaga kamchiliklarni dasturlash tilida kodlarga yozib, bu xatoni tuzatish to‘g‘risida xabar yuborgan edi. Apple rahbariyati ilovaning so‘nggi yangilanishida bolaning ismini yozib, yosh o‘zbekistonlikka o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Gʻiyosning onasi g‘urur bilan, o‘g‘li hatto shtat gubernatorining shaxsiy tabriklarini ham olganini aytgan. Shu bilan birga, bola dasturlashni mustaqil o‘rgangan va hech qachon dasturlash kurslariga bormagan.
Bu Gʻiyos Umarovning birinchi yutug‘i emas. O‘tgan yili smartfonga QR-kod yordamida istalgan odam kira oladigan xatoni tuzatishga yordam bergan edi. Bu haqda Amerika nashri NJ yozgan.
Hozirda Gʻiyos Umarov AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Xolmdel o‘rta maktab texnolog talabalari uyushmasining a’zosi hisoblanadi.