Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda SHARDA universiteti ma’muriyati hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, ta’lim sohasidagi xalqaro tajribalar almashinuvini ta’minlash va maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasiga kirish imkoniyatlarini oshirish masalalarida o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Jarayonda viloyatdagi umumta’lim maktablarida «SHARDA sinflari» tashkil etish, maktab bitiruvchilari uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larida maxsus imtiyozlar joriy etish, oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish istagida bo‘lgan andijonlik bitiruvchilarni imtihonsiz, suhbat asosida qabul qilish takliflari ikki tomonlama ma’qullandi.