Andijondagi bog‘chada sodir bo‘lgan yong‘inga quruvchilarning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 20-sentyabr kuni soat 11:30 da Andijon shahri, 2-kichik xabarlar tarqaldi. FVV mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu manzilda haqiqatda ham yong‘in sodir bo‘lgan va qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in qisqa muddatda to‘liq bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha, bog‘chada taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli vaqtincha ish faoliyati to‘xtatilgan. Yong‘in oqibatida bog‘cha hududida 2 kv.m maydonda qurilish chiqindilari va xas-hashaklar yongan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Andijon viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, yong‘in bog‘cha hududida olib borilayotgan qurilish ishlari davomida quruvchilarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan.

“Mazkur tashkilotda tarbiyalanuvchi bolalar yo‘qligi, qurilish olib borilayotgan tashkilot binosiga talafot va ishchilarga tan jarohati yetmaganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *